Germaniya afg'onistonlik qochqinlarni Vataniga O'zbekiston orqali yuborishni rejalashtirmoqda
Dunyo
Germaniya va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Der Spiegel nashri afg'on qochqinlarini deportatsiya qilish shartlari bo'yicha ikki davlat o'rtasidagi muhokamalar tafsilotlarini e'lon qildi.
Nashrning yozishicha, Germaniya hukumati boshpana huquqiga ega bo‘lmagan afg‘on fuqarolarini Toshkentga jo‘natmoqchi, u yerdan ular charter reyslar bilan Kobulga yetkaziladi. Muzokaralar konstruktiv o‘tdi va O‘zbekiston hukumati yordam berishga va’da berdi. Bu yo'l Germaniyaga Tolibon bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralardan qochib, afg'onlarni deportatsiya qilish imkonini beradi. Hozirda 13 mingga yaqin afg‘onlar Germaniyadan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Boshpana olish huquqiga ega boʻlmagan muhojirlarni deportatsiya qilish boʻyicha bahslar 2024-yil may oyi oxirida afgʻonistonlik islom dinini tanqid qilgan miting ishtirokchilariga hujum qilib, politsiya zobitini oʻldirganidan keyin avj oldi.

Powered by Froala Editor