Germaniya razvedkasi: COVID-19 Xitoy laboratoriyasida yaratilgan

Dunyo

COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) tomonidan e’lon qilindi.

Germaniya razvedkasi: COVID-19 Xitoy laboratoriyasida yaratilgan
Nemis nashrlari Süddeutsche Zeitung va Zeitning 12-mart kungi xabarlariga ko‘ra, BND 2020-yilda pandemiya Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan SARS-CoV-2 virusi sizib chiqishi tufayli boshlangan, degan xulosaga kelgan. Biroq Germaniya hukumati ushbu ma’lumotni sir saqlashni afzal ko‘rgan.

Federal kansler idorasi tomonidan topshirilgan tergov doirasida BND ochiq manbalar va "Saaremaa" kod nomli maxsus operatsiya natijalarini tahlil qilgan. Ushbu materiallar orasida Xitoy ilmiy institutlari, jumladan, Uxan virusologiya institutidan olingan ma’lumotlar mavjud. Xususan, hujjatlarda xavfli tajribalar o‘tkazilgani, tabiiy viruslarning sun’iy modifikatsiya qilingani va laboratoriyalarda xavfsizlik qoidalarining buzilgani haqida dalillar bor.

Germaniya hukumati esa mazkur xabarlarga aniq izoh bermay, razvedka faoliyatiga oid ma’lumotlarni ochiqlash odatiy amaliyot emasligini bildirdi. Hukumat vakili Bundestag maxsus qo‘mitalarining maxfiy yig‘ilishlarida bu borada xabardor qilingani haqida qo‘shimcha qilgan. Biroq bu borada Bundestag qo‘mitasi ham, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ham xabardor qilinmagan.

O‘tgan yil oxirida Germaniya hukumati BND xulosalarining haqqoniyligini mustaqil ekspertlar tomonidan qayta tekshirishga qaror qildi. Robert Kox instituti rahbari Lars Shade va berlinlik virusolog Kristian Drosten boshchiligidagi olimlar guruhi ushbu tekshiruvni olib bormoqda.

Hozircha yakuniy natijalar e’lon qilinmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing