Germaniya shifokorlari va hamshiralari ish tashlash e’lon qildi
Dunyo
Ish tashlashning sababi ish haqi bo‘yicha kelishmovchilikdir. Ish beruvchilar maoshlarni oshirish bo‘yicha hech qanday taklif bildirmagan, bu esa kasaba uyushmasining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.
Verdi kasaba uyushmasi klinikalar, qariyalar uylari va tez yordam xizmatlarida umummilliy ish tashlashga chaqirdi. Norozilik namoyishi 6-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi va davlat hamda munitsipal muassasalarga ta’sir qiladi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy cheklovlarga olib kelishi mumkin.
"Hamshira va tibbiyot xodimlarining qanchalik muhim rol o‘ynashini hamma biladi, ammo ish beruvchilar buni yetarlicha e’tirof etmayapti. Ish haqi birozgina oshirilishi yoki uch yil davomida umuman oshirilmasligi haqidagi taklif haqorat bilan barobar", — dedi kasaba uyushmasi vakili Silviya Byuler.
Verdi maoshlarni 8%ga (oyiga kamida 350 yevroga) oshirish, og‘ir sharoitlarda ishlaganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar hamda stajyorlar uchun 200 yevro miqdorida qo‘shimcha to‘lov talab qilmoqda. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilishini istamoqda. Ish beruvchilar bu talablarni juda qimmatga tushishini ta’kidlab, ularni bajarishdan bosh tortishdi. Navbatdagi muzokaralar 14-16 mart kunlari Potsdamda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor