Gruziya sobiq Prezidenti 9 yilga qamaldi

Dunyo

Tbilisi sudi Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini davlat mablag‘larini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha 9 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqida Gruziya mahalliy telekanallari xabar berishdi.

Gruziya sobiq Prezidenti 9 yilga qamaldi
Ushbu ayblovlar Saakashviliga 2014-yilda qo‘yilgan edi. Bu ish “pidjaklar ishi” nomi bilan mashhur. Ayblovga ko‘ra, Saakashvili prezidentlik davrida davlat mablag‘lari hisobidan pidjak va palto sotib olgan, o‘g‘lining o‘qishini to‘lagan hamda tibbiy muolajalar olgan.

2004-yildan 2013-yilgacha prezidentlik qilgan Saakashvili chet elda bir muddat yashagandan so‘ng 2021-yilda Gruziyaga qaytgan edi. Undan avval bir muddat Ukraina islohotlar qo‘mitasi rahbari sifatida ham ishlagandi.

Saakashvili 2021-yilda yashirincha Gruziyaga qaytib kelgani sababli noqonuniy chegarani kesib o‘tish bo‘yicha sud jarayoniga ham tortilgan. U ushbu ayblovlar siyosiy motivlarga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda, biroq Yevropa Inson Huquqlari Sudi uni siyosiy mahbus sifatida tan olmagan

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing