Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan «Sijjak» dam olish maskani Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi
O'zbekiston
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi «Sijjak» dam olish maskani endilikda O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu qaror 2024-yil 27-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi. Maskan ilgari birinchi Prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. Maskan bir necha marta sotuvga qo‘yilganiga qaramay, xaridor topilmagan edi.
«Sijjak» dam olish maskani, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Sijjak mavzesidagi «Sarbog‘» mahallasida joylashgan. Obektning umumiy hududi 5,38 gektarni tashkil etadi va u 70 milliard so‘mga baholangan.
Maskan dastlab Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lib, 2017-yil 10-fevralda Toshkent viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qarori bilan musodara qilingan edi. Shundan so‘ng, maskan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi.
Keyinchalik obekt bir necha bor auksion orqali sotuvga qo‘yildi. 2021-2022 yillarda «Sijjak»ni sotishga bo‘lgan harakatlar xaridor topilmaganligi uchun natijasiz yakunlangan.
2023-Yildagi Prezident Farmoni 2023-yil 14-iyundagi Prezident farmoni bilan «Sijjak» dam olish maskani xususiylashtiriladigan obektlar ro‘yxatidan chiqarildi va Toshkent viloyatidagi 124-maktab-internat balansiga o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi qaroriga binoan, «Sijjak» dam olish maskani O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi. Maskan endilikda federatsiya tomonidan dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari sifatida foydalaniladi.

Powered by Froala Editor