Har bir tumandan 5 nafardan o‘qituvchi xorijga o‘qishga yuboriladi
O'zbekiston
O‘zbekistonning barcha hududlaridan yuzlab pedagoglar yetakchi xorijiy universitetlarda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatimizning har bir tumanidan kamida 5 nafardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlari o‘qituvchilari xorijga tajriba orttirish uchun yuboriladi. Bu maktab ta’limi tizimini modernizatsiya qilish va o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarning bir qismidir.
O‘tgan bir yil davomida 215 nafar professor-o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlarida malaka oshirib qaytdi. Tashabbusga xususiy maktablar ham faol qo‘shilmoqda, ular o‘z pedagoglarini mustaqil ravishda xorijiy dasturlarga yo‘naltira boshladilar.
Davlatimiz rahbari yangi o‘quv yilidan xorijiy malaka oshirishga boradiganlarning 25-30 foizini xususiy maktablar pedagoglari tashkil etishi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Mutasaddi tuzilmalarga tegishli topshiriq berildi.

Powered by Froala Editor