Harbiy xizmatda halok boʻlgan xizmatchilarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatiladi

O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi harbiy xizmatda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Harbiy xizmatda halok boʻlgan xizmatchilarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatiladi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bunga dori tegishli farmoyishni imzoladi.

Qayd etilishicha, mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 241 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing