Hindistonda IT sohasida ishga qabul qilish sekinlashgani sababli, yoshlar ishsizligi kuzatilmoqda

Dunyo

Hindiston yoshlarning ishsizlik muammosiga duch kelmoqda, chunki uning axborot texnologiyalari sohasida ish o'rinlarining qisqarishi ko'plab yangi bitiruvchilar va yoshlarni ishsiz qoldirdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Hindistonda IT sohasida ishga qabul qilish sekinlashgani sababli, yoshlar ishsizligi kuzatilmoqda
O'tgan yilning oktyabr va dekabr oylari orasida 20 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan hind yoshlari orasida ishsizlik avvalgi 43,65% dan 44,49% ga ko'tarildi. Hindiston iqtisodiyotini monitoring qilish markazi ma'lumotlariga ko'ra, xuddi shu davrda 25 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan ishsizlik o'tgan chorakdagi 13,35% dan 14,33% ga o'sdi.

Hukumatning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil mart oyida yakunlangan moliyaviy yilda dunyodagi eng ko'p aholi yashaydigan mamlakatda 43,3 million yoshlar universitetlarga o'qishga kirgan.

"Biz iqtisodiyotning doimiy ravishda yuqori o'sishini ko'rmoqdamiz, ammo menimcha, bandlik zamon bilan hamnafas emas", — deydi Chandra Garisa, Foundit ishga qabul qilish kompaniyasining bosh direktori.

Avtomatlashtirish va sun'iy intellektni joriy etish jadallashgani sayin, IT sohasidagi ko'plab rollar keraksiz bo'lib bormoqda va bu hodisa faqat Hindistonda kuzatimlayapti.

"Ilgari kollej bitiruvchilarining aksariyati boshlang'ich ko'nikmalar uchun ishga qabul qilingan bo'lsa, endi bu asosiy ko'nikmalarni texnologiya o’z zimmasiga oldi", — dedi Garisa.

Hindistondagi yoshlar ishsizligi, shuningdek, "malakalar va vaqtning nomuvofiqligi" bilan bog'liq, chunki ko'plab talabalar IT sohasida ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishmoqda, ammo ish o'rinlari ishlab chiqarish sanoatida yaratilmoqda", deydi Garisa.

Garisaning ta'kidlashicha, yoshlar orasida hali ham “Ishlab chiqarish sohasi IT sohasi kabi nufuzli emas” degan yanglish tushuncha mavjud. Bu esa ba'zi nomzodlar yaratiladigan yangi ish o'rinlaridan foydalana olmasligini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing