Husanov — “Manchester Siti”da oy futbolchisi

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Natija muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlandi.

Husanov — “Manchester Siti”da oy futbolchisi
21 yoshli futbolchi yanvar oyida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi, ularning yettitasini asosiy tarkibda boshladi va shu davrda jamoaning eng barqaror o‘yinchilaridan biriga aylandi. Ovoz berishda u italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma hamda portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvani ortda qoldirdi.

Husanov “Manchester Siti” safida 2025 yil yanvaridan buyon to‘p surmoqda va asta-sekin jamoaning asosiy tarkibidan joy olib, murabbiylar ishonchini qozonmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing