Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas

Dunyo

Ilon Mask dunyoning eng boy odami maqomini Oracle asoschisi Larri Ellisonga boy berdi.

Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Oracle kompaniyasining choraklik hisobotidan so‘ng Ellisonning boyligi 101 milliard dollarga oshdi va 393 milliard dollarga yetdi. Maskning boyligi esa hozirda 385 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Mask avval ham ikki bor dunyoning eng boy odami bo‘lgan: birinchi marta 2020-yilda Jeff Bezosni ortda qoldirib, ikkinchi marta esa 2024-yilda, taxminan 300 kun davomida bu maqomni saqlab turgan.

Oracle 1977-yilda asos solingan va hozirda Ostin (Texas, AQSh) shahrida joylashgan, dunyodagi eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing