International House-Tashkent O'zbekiston Respublikasining eng yaxshi akademik litseyi bo'ldi
O'zbekiston
InnoWeek 2023 xalqaro Innovatsion G’oyalar haftaligi doirasida 2022-yilda eng yaxshi akademik litseylarning samarali faoliyati bo'yicha reytingi e'lon qilindi.
TIQXMMI MTU International House Tashkent akademik litseyi ketma-ket ikkinchi marotaba reytingda eng baland pog’ona egallab, bu yili 65,96 ball to'plagan holda mamlakatdagi eng yaxshi litsey deb tan olindi.
Reytingda ikkinchi o'rinni Toshkentdagi Vestminster universiteti litseyi 49,90 ball bilan egalladi.
"Men ishlash baxtiga muyassar bo'lgan barcha professionallar jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Eng yaxshi o'qituvchilar, eng yaxshi talabalar, oliy o'quv yurtlariga kirishning eng yuqori ko'rsatkichlari, IELTS va SAT natijalari, El-yurt umidi jamg'armasi g'oliblari va boshqalar.
Shuni ta'kidlash joizki, mening eng sevimli universitetim - TIQXMMI MTU ham O'zbekiston oliy o'quv yurtlari orasida birinchi o'rinni egalladi."- Deb yozadi International House-Tashkent litseyi direktori Alisher Tillayev ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida.

Powered by Froala Editor