Internet tarmog’iga 26 mlrd shaxsiy ma'lumotlar yozuvlari sizib chiqdi

Dunyo

Internetga 12 TB shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqdi va bu axborot xavfsizligi tarixidagi eng qo’rqinchli hodisalardan biri bo’ldi. Sizib chiqqan 4 mingga yaqin papkada 26 milliard maxfiy ma'lumotlar mavjud.

Internet tarmog’iga 26 mlrd shaxsiy ma'lumotlar yozuvlari sizib chiqdi
Ma’lumotlar, asosan, “LinkedIn, Telegram, X (Twitter), Weibo, Tencent” dagi akkauntlardan yo’qotilgan. Bu Internetga sizib chiqqan maxfiy ma’lumotlarning eng katta hajmidir va mutaxassislar bu hodisani "barcha xakerliklarning onasi" yoki “MOAB” deb atashdi.

Bu xavfli hodisa, chunki sizib chiqish manbai ortida yo ushbu ma'lumotlar bilan savdo qiluvchi vositachi, yo shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadigan xizmat turibdi. Ikkala holatda ham manbani aniqlash deyarli imkonsiz. Ma'lumotlar puxta tanlangani va toifalarga taqsimlangani hujumchilarning niyati jiddiy bo’lganidan dalolat bermoqda.

Oshkora bo’lgan ma'lumotlar maqsadli va murakkab “fishing” hujumlari va boshqa maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlash maqsadida ishlatilishi hech gap emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing