Isroil Livanga kuchli aviazarba berdi
Dunyo
Dushanba kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi va sharqiy hududlariga keng ko'lamli aviazarba berdi. Bu haqda mamlakat OAVlari xabar bermoqda.
Aviazarbalarning aksariyati Livanning sharqidagi Beka provinsiyasida amalga oshirilgani aytilmoqda. Isroil mudofaa kuchlari zarbalar «Hizbulloh» guruhiga tegishli obyektlarga qaratilganini, zarbalar bo'lajak hujumlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqladi. Rasmiylar livanliklarni guruhning qurol-yarog‘ omborlaridan uzoqroq turishga chaqirdi.
So‘nggi kunlarda Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasida chegarada bir necha bor hujumlar almashinuvi kuzatilgan. Yakshanba kuni Livandan uchirilgan raketalar Isroilning Xayfa shahriga yetib kelgan edi.
So‘nggi kunlarda Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasida chegarada bir necha bor hujumlar almashinuvi kuzatilgan. Yakshanba kuni Livandan uchirilgan raketalar Isroilning Xayfa shahriga yetib kelgan edi.
Powered by Froala Editor