Isroil Livanni tosh davriga qaytarishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda

Dunyo

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil Livanni tosh davriga qaytarishi mumkinligini, ammo buni istamasligini ayti, deb yozmoqda The Guardian.

Isroil Livanni tosh davriga qaytarishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda
Yoav Galant Isroil armiyasi “Hizbulloh” jangarilari bilan har qanday urushda Livanni “tosh davriga” qaytarishga qodir ekani haqida ogohlantirdi, biroq uning hukumati Isroil-Livan chegarasida diplomatik yechim topishni afzal ko‘rishini ta’kidladi.

Vashingtonga safari yakunida jurnalistlar bilan suhbatda Galant AQShning yuqori martabali amaldorlari bilan urushdan keyingi G'azoni boshqarish rejalarini muhokama qilganini eslatib o'tdi. Ushbu rejalar mahalliy falastinliklar, mintaqaviy sheriklar va AQShni o'z ichiga oladi, ammo u bu "uzoq va murakkab jarayon" bo'lishini ta'kidladi.

Avvalroq AQSh Livan bilan urush boshlangan taqdirda Isroilga yordam bera olishiga ishonchi komil emasligini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing