Isroil oʻldirgan gʻazoliklar soni 24 ming kishiga yaqinlashdi

Dunyo

Halok bo'lganlarning 70 foizi ayollar va bolalarni tashkil qilmoqda.

Isroil oʻldirgan gʻazoliklar soni 24 ming kishiga yaqinlashdi
Isroilning G‘azo sektoriga 7-oktabrdan beri uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 23 968 nafarga yetdi. 60 582 nafar inson yaralandi. Rasmiyning aytishicha, qurbonlarning 70 foizi ayollar va bolalardir. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, G‘azo sektorida isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan tibbiyot xodimlari soni 337 nafarga yetgan, yana 99 nafari hibsga olingan.

Al-Qudra, shuningdek, Isroil askarlarining harakatlari natijasida 121 tez yordam mashinasi yaroqsiz holga kelganini xabar qildi. Unga ko‘ra, 2 millionga yaqin g‘azolik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, ochlik va epidemik kasalliklarga duch kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing