Isroil tinch aholiga koʻchib oʻtishni tavsiya qilgan hududlarni oʻzi bombalamoqda

Dunyo

BMT bosh kotibi o‘rinbosari Griffits G‘azo sektorini o‘lim va umidsizlik maskaniga aylangan dedi.

Isroil tinch aholiga koʻchib oʻtishni tavsiya qilgan hududlarni oʻzi bombalamoqda
G‘azo sektori o‘lim va umidsizlik maskaniga aylandi. Sog‘liqni saqlash halokat yoqasida. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits bayonot berdi.

“7-oktabrdagi dahshatli hujumdan uch oy o‘tib G‘azo o‘lim va umidsizlik maskaniga aylandi”, dedi Griffits.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘n minglab odamlar, asosan ayollar va bolalar halok bo‘lgan yoki yaralangan. Oilalar ochiq havoda uxlamoqda. Havo harorati esa keskin tushib ketgan.

Uning ta'kidlashicha, Isroil tinch aholiga xavfsizlik uchun ko'chib o'tishni buyurgan hududlar Isroil tomonidan bombardimon qilingan.

"Jamoat salomatligi uchun falokat yaqinlashmoqda. Kanalizatsiya suvlari to'lib-toshgani sababli gavjum boshpanalarda yuqumli kasalliklar tarqalmoqda. Bu tartibsizlik sharoitida har kuni 180 ga yaqin falastinlik ayol tug'moqda”, dedi Bosh kotib o'rinbosari.

Griffits, shuningdek, G'arbiy Sohilda kuchayib borayotgan keskinlik va urushning mintaqaviy tarqalishidan ogohlantirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing