Isroil va HAMAS sulhni ikki kunga uzaytirishga kelishib oldi

Dunyo

Isroil va HAMAS G'azo sektoridagi sulhni yana ikki kunga uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Shunga muvofiq sulh endi 29-noyabrda tugaydi. Bu haqda Qatar TIV rasman ma’lum qildi.

Isroil va HAMAS sulhni ikki kunga uzaytirishga kelishib oldi
Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, qoʻshimcha ikki kunlik sulh davomida HAMAS garovdagilar orasidan yana 20 nafar ayol va bolani ozod qilish majburiyatini oladi.

HAMAS vakili sulh “avvalgi shartlar asosida” uzaytirilganini aytdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning maslahatchisi Mark Regev CNN telekanaliga sulhni ikki kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi, biroq ular HAMAS birinchi to‘rt kunlik sulh bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib, keyingisini ozod qilsagina kuchga kirishini ta’kidladi.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish 24-noyabr kuni ertalab ishlay boshladi – dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, bu to‘rt kun davom etdi. Kelishuvga muvofiq, HAMAS garovga olingan 50 nafar isroillikni, Isroil esa qamoqdagi 150 nafar falastinlikni ozod qilishi kerak edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing