Istanbulga katta xavf yaqinlashmoqda, 4 million aholi halok bo'lishi mumkin
Dunyo
Istanbul va uning atrofida joylashgan Marmara dengizi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzila oqibatida 4 millionga yaqin odam halok bo‘lishi mumkin. Bu haqida Turkiyaning yetakchi seysmologi Naji Go‘rur ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbulda yuz beradigan kuchli zilzila shaharning 16 million aholisi uchun katta xavf tug‘diradi.
Go‘rur, shaharni tashkil etgan inshootlarning ko‘pchiligi zilzilaga chidamli emasligini ta'kidladi. "Istanbuldagi eng obro‘li muassasalar ham shahardagi binolarning 60% dan ortig‘i zilzilaga chidamli emasligini ta'kidlamoqda. Agar Marmara dengizi hududida zilzila sodir bo‘lsa, butun Turkiya tiz cho‘kadi," dedi u.
Seysmologlar Istanbul hududida 7 magnitudali yoki undan yuqori kuchdagi zilzila yuz berishi mumkinligini ogohlantirib kelmoqda. Ularning fikricha, bunday zilzila 90 mingga yaqin binolarni vayron qilishi, 260 mingdan ortiq binolarni esa yashash uchun yaroqsiz holga keltirishi mumkin.
Bunga qo‘shimcha ravishda, 4,5 million odam vaqtinchalik uy-joyga muhtoj bo‘ladi. Shu bois, seysmologlar, Istanbuldagi zilzila xavfi yuqori bo‘lgan hududda yangi choralar ko‘rilishi kerakligini va tayyorgarlik ko‘rishning zarurligini ta'kidlashmoqda.

Powered by Froala Editor