Jamiyatga murojaat: Har bir ayol eʼzozlanishga loyiq
O'zbekiston
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har uch ayoldan biri o‘z hayoti davomida zo‘ravonlik yoki jinsiy tajovuzga duch keladi. Zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari mavjud.
- "Oilaviy zo‘ravonlik": Eng keng tarqalgan shakl bo‘lib, ko‘pincha yaqin oila aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
- "Jinsiy zo‘ravonlik": Ayollarning jamiyatda erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
- "Ijtimoiy va iqtisodiy kamsitish": Ayollarning mehnat bozorida cheklovlarga duch kelishi yoki taʼlimdan mahrum bo‘lishi.
Har yili 25-noyabrda jahon hamyati "Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni"ni nishonlaydi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1999 yilda rasmiylashtirilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan.
Bu kun zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish, gender tengligini taʼminlash va inson huquqlarini himoya qilish uchun global chaqiriqdir. Ushbu kun ayollarning nafaqat gender tenglikka, balki to‘laqonli hayot kechirish huquqiga ega ekanini yana bir bor eslatadi.
Bu sana nafaqat ayollarni, balki jamiyatni ham uyg‘otib, zo‘ravonlikka toqat qilmaslik va insoniy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi. «Har bir ayol eʼzozlanadigan, so‘zi tinglanadigan va orzulari kelajak sari yo‘lga aylanadigan dunyoda yashashga loyiqdir», — deydi xalqaro ekspertlar.
Ayollarning xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish har birimizning insoniy burchimizdir.

Powered by Froala Editor