Jamshid Qo‘chqorovga "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodchisi" unvoni berildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan, Bosh vazir o‘rinbosari va iqtisodiyot hamda moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodchisi" unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur unvon Qo‘chqorovga davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakat mustaqilligi va iqtisodiy qudratini mustahkamlashdagi xizmatlari, xalqaro standartlarga asoslangan moliyaviy tizimni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishda qo‘shgan hissasi, muhim dastur va investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi yutuqlari uchun berildi.
Jamshid Qo‘chqorov 1964-yilda tug‘ilgan, Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan va Kolorado shtati Iqtisodiy institutida tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi bo‘lib, Markaziy bank raisi o‘rinbosari, moliya vaziri o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yil avgust oyida u Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangan.

Powered by Froala Editor