Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyevani egallab turgan lavozimiga qo‘shimcha ravishda Toshkent xalqaro moliya markazi (TIMM) boshqaruvchisi etib tayinladi. Bu haqdagi Prezident farmoni davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan ma’lum qilindi.
Yangi lavozimda Saida Mirziyoyeva Moliya markazi Kengashining bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi hamda rais bo‘lmagan paytda Kengash yig‘ilishlariga raislik qiladi.
Boshqaruvchining asosiy vazifalaridan biri TIMMni ishga tushirishni muvofiqlashtirishdan iborat. Bu jarayonda dastlabki hujjatlarni tayyorlash va davlat organlari bilan markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Boshqaruvchi, shuningdek, Moliya markazini xalqaro tashkilotlar, investorlar va O‘zbekistondagi hamda xorijdagi hamkorlar bilan munosabatlarda vakillik qiladi. Vakolatlar qatoriga kadrlar masalalari, jumladan, Moliya markazi Administratsiyasi ijrochi direktori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, shuningdek, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish kiradi.
Bundan tashqari, boshqaruvchi bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev TIMM to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi. Markaz hududida maxsus huquqiy va valyuta rejimlari, alohida moliyaviy regulyator hamda mustaqil tijorat sudi faoliyat yuritishi belgilangan. Ishtirokchilarga 2076 yilgacha soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

Powered by Froala Editor