Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulg’a” turniri sovrindoriga aylandi

Sport

Sportchi “Katta dubulg’a” turnirining bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.

Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulg’a” turniri sovrindoriga aylandi
23-iyun kuni Mo’g’ulistonda dzyudo bo’yicha Ulan-Bator “Katta dubulg’a” turnirining birinchi kunai yakunlandi. Unda Diyora Keldiyorova O’zbekiston terma jamoasi hisobiga bitta bronza medali yozib qo’ydi.

-52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pog’onasidan joy oldi. Sportchi bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.

Ushbu natija orqali Diyora Keldiyorova jahon va Parij-2024 Olimpidasi reytingi uchun o’z hisobiga 500 ochko yozib qo’ymoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing