Kim Chen Indan maxfiy qaror: mamlakatda oʻz joniga qasd qilish taqiqlandi — OAV

Dunyo

Shimoliy Koreya yetakchisi oʻz joniga qasd qilishni “sotsializmga xiyonat” deb atab, mamlakat bo'ylab bunday holatlarning ko'payishi sababli mahalliy hukumatlarga profilaktika choralarini ko'rishni buyurdi.

Kim Chen Indan maxfiy qaror: mamlakatda oʻz joniga qasd qilish taqiqlandi — OAV
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Prezidenti Kim Chen In mamlakatda oʻz joniga qasd qilishni taqiqlovchi maxfiy buyruq chiqardi. U oʻz joniga qasd qilishni “sotsializmga xiyonat” deb atab, mamlakat bo'ylab bunday holatlarning ko'payishi sababli mahalliy hukumatlarga profilaktika choralarini ko'rishni buyurdi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreyada fuqarolarning o'z joniga qasd qilish holatlari ko'paygan, joriy yil o'z joniga qasd qilish holatlari o'tgan yilga nisbatan 40 foizga ortgan. Chongjin shahri va Kyongsong okrugining oʻzida 35 ta o'z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan.

“Aksariyat hollarda butun oila aʼzolari o'z joniga qasd qilishgan. Ushbu maxfiy ta’qiq buyrugʻi butun mamlakat bo'ylab o'tkazilgan favqulodda yig'ilishlarda e'lon qilindi”, deb xabar berdi “Radio Free Asia”.

“The Sun” nashrida keltirilishicha, oʻz joniga qasd qilishlarning aksariyati qashshoqlik va ochlik tufayli sodir boʻgan, shuning uchun hozir hech kim bunga qarshi chora koʻra olgani yoʻq.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing