Livan Isroil va “Hizbulloh” o'rtasidagi sulh shartlarini nomladi
Dunyo
Bitim loyihasi “Hizbulloh” va Isroil yetakchilariga yuborilgan.
Livan prezidenti maslahatchisi Amal Abuzeydning aytishicha, G‘azo sektoridagi mojaro hal etilmaguncha Isroil va Livanning “Hizbulloh” guruhi o‘rtasida sulh bo‘lishi dargumon.
Uning ta’kidlashicha, Livan hukumati AQSh va Yevropa davlatlari bilan Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida ehtimoliy sulh bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.
“Reuters” xabariga ko‘ra, Fransiya Livan oliy rahbariyatiga “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv loyihasini taklif qilgan. Hujjatga ko‘ra, birinchi bosqich harbiy harakatlarni to‘xtatishni, ikkinchi bosqich esa Livan qo‘shinlarini chegaradan 10 km shimolga olib chiqishni, chegara yaqinidagi barcha tuzilmalarni demontaj qilish va Isroilning Livan ustidan parvozlarini to‘xtatishni nazarda tutadi.
Yakuniy bosqichda tomonlar BMT tinchlikparvar kuchlari ko‘magida quruqlikdagi chegarani belgilash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi darkor.

Powered by Froala Editor