Malayziya hukumati chet el fuqarolari uchun raqamli kelish kartalarini joriy etmoqda

Dunyo

Mazkur kartada sayohatchilar o'zlarining shaxsiy ma'lumotlarini ko'rsatishi shart.

Malayziya hukumati chet el fuqarolari uchun raqamli kelish kartalarini joriy etmoqda
Malayziya hukumati 2024-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatga tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari, jumladan O'zbekiston fuqarolari uchun raqamli kelish kartalarini joriy etmoqda. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

Qoidaga koʻra, mazkur onlayn kartani olish uchun Malayziyaga yetib kelgunga qadar 3 kun ichida Malaysia Digital Arrival Card - MDAC veb-sayti orqali to‘ldirish talab etiladi va ushbu kartani mamlakatga kirib kelganda pasport nazorati punktlarida taqdim etish kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha. mazkur kartada sayohatchilar o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, ism-sharifi, fuqaroligi, pasport seriyasi, mamlakatga kelish va undan chiqib ketish sanalari, telefon raqamlari, Malayziyadagi vaqtincha yashash manzili va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart.

Hozirgi vaqtda Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 30 kungacha viza talab qilinmaydi. Malayziyaning migratsiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekistondan kelayotgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan xorijga chiqish pasporti;
mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida qaytish yoki uchinchi davlatga borish aviachiptasi.
Shuningdek, pasport nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxona (yotoqxona)ni band qilgani to‘g‘risida hujjat va mamlakatda bo‘lishi uchun yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.

“Zarur hollarda Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti vakillari chegara o‘tish joylarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing