Mitterandan keyin biror-bir Fransiya Prezidenti mintaqaga tashrif buyurmagan edi – Makron

O'zbekiston

Fransiyaning 21-Prezidenti Fransua Mitteran 1994-yilda Samarqandga tashrif buyurgan. Oradan 29 yil o‘tib, Emmanuel Makron Markaziy Osiyoga kelgan Fransiyaning ikkinchi Prezidenti bo‘ldi.

Mitterandan keyin biror-bir Fransiya Prezidenti mintaqaga tashrif buyurmagan edi – Makron
O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida so‘zga chiqqan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron fransuz kompaniyalari tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasiga investisiya kiritishda O‘zbekistondagi ijobiy islohotlar muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

“Alohida ta’kidlashim kerakki, mamlakatingizda islohotlar yangi bosqichga chiqqan, bu esa Fransiyaning mintaqaga kiritadigan investisiyalarini qo‘llab-quvvatlashda juda muhim o‘rin tutadi”, deya ta‘kidladi u.

Shuningdek, Makron o‘z nutqi davomida Fransiyaning 21-Prezidenti Fransua Mitteran 1994-yilda Samarqandga tashrif buyurganini esladi.

“Prezident Mitterandan keyin biror-bir Fransiya Prezidenti mintaqaga tashrif buyurmagan edi. Biz, albatta, buni to‘g‘rilaymiz. Fransuz kompaniyalari bu mintaqada o‘zining faoliyatini yanada kengaytirishi kerak. Ikki davlat tadbirkorlariga o‘z ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Yashasin, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik!”, deya so‘zini yakunladi Emmanuel Makron.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing