Muvaffaqiyatsizlikdan e’tirofgacha: Husanov kutilmagan reytingda

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov The Athletic nashri tomonidan dunyoning eng kam baholangan futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi.

Muvaffaqiyatsizlikdan e’tirofgacha: Husanov kutilmagan reytingda
22 yoshli futbolchi haqidagi fikrlar uning “Chelsi”ga qarshi muvaffaqiyatsiz debyutidan so‘ng shakllangan. O‘sha o‘yinda u xatoga yo‘l qo‘yib, ishonchsiz ko‘ringan.

Biroq shundan keyin Husanov tezda o‘sishni boshladi. Joriy mavsumda u sezilarli darajada rivojlanib, klub uni aynan nima uchun sotib olganini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar uning tezligi, o‘yinni o‘qish qobiliyati va agressiv himoyasini yuqori baholamoqda. Ba’zan ortiqcha keskinlik kuzatilsa-da, bu tajriba bilan bartaraf etilishi mumkin. Shuningdek, u to‘p bilan ham ishonchli harakat qiladi.

Ta’kidlanishicha, Husanov hali yosh va katta salohiyatga ega futbolchi hisoblanadi.

Ro‘yxatdan Federiko Valverde, Harri Keyn, Bernardu Silva va Viktor Osimhen kabi yulduzlar ham o‘rin olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing