Muzda 3 soatdan ortiq vaqt o'tkazgan ayol rekord o'rnatdi
Dunyo
Polshalik ayol muz boʻlaklari bilan to'ldirilgan qutida 3 soatdan ko'proq vaqt o'tkazdi va sovuqqa chidamlilik bo'yicha ayollar o'rtasida rekord o'rnatdi.
Ma’lum boʻlishicha, 48 yoshli sportchi Katajina Yakubovskining natijasi 3 soat, 6 daqiqa, 45 soniyani tashkil qilgan.
Erkaklar o'rtasidagi rekord uning hamyurti Kshishtof Gayevskiyga tegishli boʻlib, uning natijasi 3 soat, 11 daqiqa, 27 soniyaga teng.
Qayd etilishicha, Polsha fuqarosi rekord o'rnatishdan oldin sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun tibbiy ko'rik va testlardan o'tgan. Sinovdan oldin u uchta mashg'ulot o'tkazgan, bu orqali u tana haroratining o'zgarishini kuzatgan.
Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko'ra, Katarjina kislorod terapiyasi, massaj va o'z-o'zini gipnoz qilish yordamida ham o'zini mazkur rekordga tayyorlagan.

Powered by Froala Editor