Narendra Modi uchinchi marta Hindiston Bosh vaziri bo'ladi, ammo uning partiyasi ko'pchilik ovozlarni yo’qotdi
Dunyo
Hindistondagi umumiy saylovlarda ko'pchilik ovozlar hisoblangandan so'ng, bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hukmron alyans parlamentdagi hukumatni shakllantirish uchun zarur bo'lgan 272ta o’rinni egalladi, deb xabar bermoqda BBC News.
Saylov komissiyasi saytida ma’lum qilinishicha, Modi boshchiligidagi Bharatiya Janata partiyasi (BJP) yetakchiligidagi hukmron alyans Hindiston parlamentidagi 543 o‘rindan 286 tasini qo‘lga kiritgan. Biroq, partiyaning o'zi mutlaq parlament ko'pchiligini yo'qotib, atigi 240 ta tasdiqlangan o'rinni qo'lga kiritdi. Vaholanki, saylov kampaniyasi boshida Modi partiya oldiga parlamentda 400 o'rinni egallash vazifasini qo'ygan edi.
G‘alabani nishonlar ekan, Modi yangi hukumatni shakllantirishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, ayrim hududlarda, jumladan, Dehlida oʻz partiyasi tarafdorlari soni ikki baravar koʻpayganini taʼkidlab, korrupsiyani ildizi bilan yoʻq qilishga vaʼda berdi hamda mudofaa sohasi, yoshlar va fermerlarni qoʻllab-quvvatlash niyatida ekanligiga ishontirdi.
BBCning Hindistondagi muxbiri Soutik Bisvasning so‘zlariga ko‘ra, bu natijalar o‘n yil davomida mamlakat siyosatida hukmronlik qilgan Gujarat bosh vaziri va Hindiston bosh vaziri sifatida saylovlarda doimo ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan Narendra Modiga shaxsiy zarba bo‘ldi.
Dunyodagi eng yirik saylovlar olti hafta davomida o’tkazildi va 1 milliardga yaqin odam ovoz berish huquqiga ega bo'ldi. Natijada, butun mamlakat bo'ylab 640 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi. Umummilliy saylovlar misli ko’rilmagan jaziramaga to‘g‘ri keldi, bir qancha shaharlarda harorat Selsiy bo‘yicha 45 darajadan oshdi va o‘nlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Powered by Froala Editor