“NASA” olimlari Somon yo‘lidan tashqarida tushunarsiz signalni aniqladilar
Dunyo
“Fermi” gamma-nurli kosmik teleskopi 13 yillik ma'lumotlarni olgandan so'ng, astronomlar jamoasi galaktikamizdan tashqarida g'ayrioddiy va hali tushunarsiz signalni aniqladilar.
«Bu mutlaqo tasodifiy kashfiyot, — dedi Aleksandr Kashlinskiy, Merilend universiteti va Grinbeltdagi “NASA Goddard” kosmik parvozlar markazi kosmologi. — Biz osmonning boshqa qismida izlaganimizdan ancha kuchli signalni topdik».
Astronomlar koinotdagi eng qadimgi yorug'lik — “CMB” (kosmik mikroto'lqinli fon) bilan bog'liq gamma-nurlanishining xususiyatlarini axtargan edilar. Olimlarning ta'kidlashicha, kosmik mikroto'lqinli fon radiatsiyasi issiq, kengayib borayotgan koinot birinchi atomlarni hosil qilish uchun yetarlicha sovib ketganda paydo bo'lgan va birinchi marta fazoga kirgan yorug'lik chaqnashini keltirib chiqargan. So'nggi 13 milliard yil ichida fazoning navbatdagi kengayishi natijasida cho'zilgan bu yorug'lik birinchi marta 1965-yilda osmon bo'ylab zaif mikroto'lqinlar sifatida aniqlangan.
Amerika katolik universiteti astrofiziki Kris Shreyderning so‘zlariga ko‘ra, gamma-nurlari cho‘qqisi osmonning janubiy qismida, “CMB”dan uzoqda aniqlangan va uning intensivligi kutilganidan 10 baravar yuqori bo‘lgan. “Bu biz kutgandek boʻlmasa-da, taxmin qilamizki, bu eng yuqori energiyali kosmik nurlarda aniqlangan oʻxshash xususiyatlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin”, dedi u.

Powered by Froala Editor