Nodirbek Abdusattorov 6 soatlik bahsda niderlandiyalik shaxmatchini mag‘lub etdi
Sport
Shaxmat bo‘yicha Niderlandiyada o‘tkazilayotgan “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining 10-turida niderlandiyalik Maks Varmerdamga qarshi qora donalarda harakatlangan Nodirbek Abdusattorov g‘alabaga erishdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu bahs olti soat davom etgan va o‘yinning 71-yurishida niderlandiyalik shaxmatchi mag‘lub bo‘lganini tan olgan.
11-tur ostonasidagi mazkur gʻalaba Abdusattorovning 6,5 ochko bilan turnirdagi yetakchiligini ta’minladi. Hindistonlik Dommaraju Gukesh 6,5 ochko bilan Nodirbekdan keyingi o‘rindan joy olib turibdi.
Ertaga, 26 yanvar kuni o‘tkaziladigan 11-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov xitoylik Szyuy Venszyun bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 28-yanvarga qadar davom etadigan “Tata Steel Chess-2024” turnirining so‘nggi 12-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Santosh Gujrat Viditga qarshi harakatlansa, 13-turda esa oq donalarda Aleksandr Donchenko to‘sig‘ini yengishga kirishadi.

Powered by Froala Editor