Odam savdosiga qarshi kurashish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
O'zbekiston
Oliy Majlisi Senatida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib borgan majlisda 2024-yil davomida mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar, ko'rilgan choralar, saqlanib qolayotgan masalalar hamda 2025-yilga rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Odam savdosiga qarshi kurashish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta'minlash, sohaga doir qonunchilik asoslarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida 2024-yilda jami 30 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xalqaro mehnat tashkilotining 5 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat, ishlab chiqarish va texnik standartlarni keng joriy etish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Ta'kidlanganidek, odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish borasida sezilarli o'zgarishlar kuzatildi.
Odam savdosiga oid jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga tibbiy-psixologik va huquqiy yordam ko'rsatildi, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, uy-joy muammolarini hal etishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Shu bilan birga, hududlarda odam savdosiga qarshi kurashish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish borasidagi muammoli masalalar muhokama qilindi.
Majlisda odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha Ichki ishlar vazirligi, munosib mehnat masalalari bo'yicha Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarlari, hududiy komissiyalar vakillarining axborotlari eshitildi.
Milliy komissiya tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2025 yilda odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ("yo'l xaritasi") loyihasi ko'rib chiqildi.
Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish kichik komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Odam savdosiga qarshi kurashish konsepsiyasi loyihasi hamda uni amalga oshirish bo'yicha Chora-tadbirlar rejasi ko'rib chiqilib, ma'qullandi.

Powered by Froala Editor