OpenAI yozishmalarni hukumatga topshirishni istisno qilmaydi

Dunyo

ChatGPT bilan bo‘lgan yozishmalaringiz sud qarori bilan rasmiylarga topshirilishi mumkin. Bu haqda OpenAI bosh direktori Sem Altman ogohlantirdi. Unga ko‘ra, bunday holat axloqiy jihatdan xavotirli, chunki bunday muloqotlar hozircha qonun bilan to‘liq himoyalanmagan.

OpenAI yozishmalarni hukumatga topshirishni istisno qilmaydi
OpenAI bosh direktori Sem Altman, ChatGPT orqali foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan shaxsiy xabarlar sud qaroriga binoan ochiqlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u podkaster Theo Von bilan suhbatda aytib o‘tdi.

«Agar siz ChatGPT bilan eng shaxsiy masalalaringiz haqida gaplashsangiz, keyinroq sud ishi ochilsa, bizni bu yozishmalarni topshirishga majbur qilishlari mumkin. Menimcha, bu juda noto‘g‘ri», — dedi Altman.

U tibbiy va yuridik suhbatlar qonun bilan himoyalanganini eslatib o‘tdi. «Lekin ChatGPT bilan muloqot qanchalik maxfiy bo‘lishi kerakligi haqida hozircha aniq tushuncha yo‘q», — dedi u.

Altman bu suhbatlar ruhshunos bilan bo‘ladigan muloqot darajasida maxfiy bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va bunday yondashuvga imkon qadar tezroq erishish lozimligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing