Osiyo ot sporti Federatsiyasining keng ko'lamli Bosh Assambleyasi

O'zbekiston

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 5-8 mart kunlari Osiyo ot sporti federatsiyasi (AEF) Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Osiyo ot sporti Federatsiyasining keng ko'lamli Bosh Assambleyasi
AEF 1978 yilda tashkil etilgan, Osiyo qit'asining 35 mamlakati a'zo, shtab-kvartirasi Dohada (Qatar) joylashgan, AEF prezidenti esa Hamad Abdulrahmon Al Attiya.

AEF bosh assambleyalari har yili, an'anaviy ravishda fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida o'tkaziladi. Ushbu Assambleyada AEF qo'mitalarining taqdim etilgan hisobotlari, shuningdek, mintaqaviy guruhlar rahbarlari lavozimlariga saylovlar bo'lib o'tadi. Bosh Assambleya doirasida poytaxtdagi Universal Horses Stable klubida Osiyo ot sporti federatsiyasi Prezidenti Kubogi uchun konkur musobaqalari ham o'tkazildi.

O'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari Bosh Assambleyada O'zbekiston vakili-O'zbekiston otchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G'oziyev AEF vitse - Prezidenti lavozimini egallagani quvonarli.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing