O'zbekiston elchisi Eron Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat

Ma'lumot uchun, 2017-2022-yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 32,6 foizga o‘sib, 435,9 million dollarni tashkil etgan.

O'zbekiston elchisi Eron Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O'zbekistonning yangi elchisi Fariddin Nasriyev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Rasmiy marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Eron Prezidenti so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport, energetika, suv va qishloq xo'jaligi, madaniy-gumanitar sohalarida har tomonlama izchil rivojlanib, yangi darajaga ko'tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Eron Prezidenti O'zbekiston elchisiga mas'uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi hamda mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing