O’zbekiston fermer xoʻjaliklari uch oyda qancha chorvachilik mahsulotlarini yetishtirgani ma’lum bo’ldi

Iqtisodiyot

O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda yetishtirilgan go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlarining aniq miqdorini taqdim etdi.

O’zbekiston fermer xoʻjaliklari uch oyda qancha chorvachilik mahsulotlarini yetishtirgani ma’lum bo’ldi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha fermer xoʻjaliklari tomonidan tirik vaznda 28 586 tonna goʻsht (2023-yilning yanvar–martiga nisbatan 120,0%), 129 975 tonna sut (127,4%), 244 904 ming dona tuxum – (117,0%) yetishtirildi va 6 669,5 tonna baliq (134,0 %) ovlandi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2022–2026-yillarda chorvachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

— Chorvachilik va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

— 2026-yilga borib sut ishlab chiqarish hajmi 11,5 million tonnadan 22 million tonnaga va aholi jon boshiga 328 kilogrammdan 560 kilogrammga yetkaziladi. Mol go‘shti (tirik vaznda) 2 million 864 ming tonna, qo‘y va echki go‘shti 650 ming tonnaga yetkaziladi.

— Umumiy qoramollar sonida zotli yuqori mahsuldor qoramollar ulushi 9% dan 33% ga, yaxshilangan uy qoramollari 54% dan 90% ga oshiriladi;

— Chorvachilik uchun asosiy to‘yimli ozuqa ekinlari hosildorligi: beda — 10 tonnadan 20 tonnaga va silos uchun makkajo‘xori — 32 tonnadan 70 tonnaga oshiriladi. Respublikamizda degradatsiyaga uchragan yaylov maydonlari 70% dan 50% ga qisqartiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing