O‘zbekiston investitsiyalar vaziri Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat

21-may kuni 2-O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumidagi ishtiroki doirasida Ozarbayjonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda vazirlikning matbuot xizmati.

O‘zbekiston investitsiyalar vaziri Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi
Savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan navbatdagi qoʻshma sa'y-harakatlar kelishib olindi.

Avvalroq Laziz Kudratov "O'zbekneftgaz" va SOCAR yaqin oylarda o'zbek kompaniyasini "Shohdengiz" loyihasiga kiritish to'g'risida bitim imzolashi mumkinligini ta’kidlagandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing