O‘zbekiston jahon shaxmat olimpiadasida 189 davlat orasida kuchli uchlikka kirdi

Sport

Budapeshtda 45-Jahon Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Erkaklar terma jamoasi Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahon Shaxmat Olimpiadasida uchinchi o‘rinni egalladi. Ayollar terma jamoasi esa 170 davlat orasida 12-o‘rinni oldi.

O‘zbekiston jahon shaxmat olimpiadasida 189 davlat orasida kuchli uchlikka kirdi
Erkaklar terma jamoasining yutuqlarida 8 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat, ayollar jamoasida esa 7 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat mavjud. Uch nafar shaxmatchi medallar bilan taqdirlandi: Sh. Vohidov, N. Abdusattorov va N. Nodirjanova.

Shamsiddin Vohidov to‘rtinchi doskada oltin medal bilan mukofotlandi, birinchi doskada Nodirbek Abdusattorov kumush medal oldi. Beshinchi doskada Nodira Nodirjanova ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing