O‘zbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining "Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish" shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ushbu uchrashuv turkiy dunyoning madaniyat poytaxtlaridan biri bo‘lgan Shusha shahrida o‘tkazilayotganida chuqur ma’no mujassamligini ta’kidlab, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Qorabog‘da olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yuksak baholadi.

O‘tgan qisqa davrda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 30 dan ortiq muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing