O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy davlatlar sammitida ishtirok etadi
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi.
Bu galgi sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Har doimgidek, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish vazifalari e’tibor markazida bo‘ladi.
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Yig‘ilish yakunida qator qo‘shma qaror va hujjatlar, jumladan, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Powered by Froala Editor