O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Siyosat

2024-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala xonim va uning jamoasi bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibi bo‘yicha fikr almashdik. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tobora o‘zaro bog‘liqlik va umumiy farovonlikka birgalikda intilmoqda va xorijiy sheriklar uchun jozibadorligini oshirmoqda. Biz xalqaro miqyosda mustahkam aloqalarni o‘rnatishda mushtarak sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini olqishlaymiz”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o’tamiz, 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi. Qolaversa, Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing