O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonoti

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi yangi keskinlikdan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonoti
Rasmiy bayonotda O‘zbekiston tomoni barcha manfaatdor tomonlarni bosiqlikka va keyingi harbiy harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Shuningdek, mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.

“Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz”, — deyiladi bayonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing