O‘zbekiston tumanlariga kredit va subsidiyalarni taqsimlashda kengroq vakolatlar beriladi
O'zbekiston
Tumanlar ixtiyoriga jami 3,2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi, tuman shtablariga esa kredit, subsidiya va kompensatsiyalarni taqsimlash bo‘yicha kengroq vakolatlar beriladi. Yangi yondashuv loyihalarni mahalliy sharoit, biznes ehtiyojlari va ularning aniq natija berish imkoniyatidan kelib chiqib moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi. Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi va qaysi loyihalarni lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini yetarlicha tushunmasligi qayd etildi.
Shuningdek, loyiha tayyorlashdan oldin bankirlar va hokim yordamchilarining tadbirkorga “Garovi bormi?” degan savolni berishi tanqid qilindi. Kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, to‘lov jadvallari esa biznesning o‘ziga xos xususiyatlariga har doim ham mos kelmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Kreditni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli resurslarni boshqarish vakolati tuman shtablariga beriladi. Ular kimga va qancha miqdorda moliyalashtirish ajratish, mablag‘ni naqd yoki naqdsiz shaklda berish, qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov jadvalini biznes turiga moslashtirish masalalarini mustaqil hal qiladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun 450 milliard so‘m resurs mavjud. Bundan tashqari, shtablarga Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasidan 240 milliard, Bandlik jamg‘armasidan 100 milliard va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m beriladi. Kompensatsiyalar uchun yil yakunigacha nazarda tutilgan yana 300 milliard so‘m ham shtablar orqali taqsimlanadi.
10 ta oila bilan kooperatsiya qilgan lider tadbirkor 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan taqdirda esa 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi. Kredit tarixida kechikishlari bo‘lgan ehtiyojmand fuqarolarning loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar orqali belgilash amaliyotidan voz kechiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi. 8 992 nafar hokim yordamchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi, tashabbuskor va fidoyi kadrlar qayta tayinlanadi, talablarga javob bermaydigan xodimlar esa almashtiriladi.

Powered by Froala Editor