O‘zbekistonda kambag‘allik bilan ishlash tizimi o‘zgartiriladi: hududlar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi
O'zbekiston
O‘zbekistonda kambag‘allik va bandlik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlarini mavjud resurslardan yetarlicha samarali foydalanmayotgani uchun tanqid qilib, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Davlat rahbari ayrim rahbarlar zamonaviy iqtisodiyotdagi tezkor o‘zgarishlarga moslasha olmayotganini ta’kidladi. So‘nggi bir yil ichida hududlarda 86 mingta kichik korxona tashkil etilgan, biroq ularning 15 mingi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Shuningdek, bankdan kredit olib, biznesini yo‘lga qo‘ya olmagan 62 ming nafar fuqaro kreditlarni qaytarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning sabablaridan biri sifatida “loyihaviy yondashuv” asosida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar faqat qariyb 1 mingta mahalladagi hokim yordamchilari va mahalla bankirlarida mavjud ekani ko‘rsatildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleks Xorazm viloyatida ikki hafta davomida tahlil o‘tkazdi. 19 mingta oiladagi 81 ming nafar kam ta’minlangan fuqaroning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming nafar ishsiz va 10 ming nafar daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda mahalliy tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish hamda keyinchalik ish bilan ta’minlash topshirildi. Bu orqali kam ta’minlangan oilalardagi 10–15 ming nafar fuqaroning daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Xorazmdagi kam ta’minlangan oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlandi. Viloyatning har bir tumanida kamida 1–2 ta texnikum va 4–5 ta o‘quv markazi faoliyat yuritmoqda. Biroq bunday oilalar farzandlarini erta kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Shuningdek, 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band, ularning farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 75 foizga yetmaydi.
Yangi tizim doirasida viloyat va tuman hokimlari huzurida shtablar tashkil etiladi. Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ularga joylardagi masalalarni hal etishda yordam beradi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari iqtisodiy kompleks bilan birgalikda haftada uch kun faqat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

Powered by Froala Editor