O‘zbekiston ustiga sovet sun’iy yo‘ldoshi tushishi mumkin
O'zbekiston
1972-yilda uchirilgan eski sovet kosmik apparati "Kosmos-482" 9 - 11-may kunlari orbitadan chiqib, Yerga qulashi mumkin. Uning O‘zbekiston hududiga tushish ehtimoli juda past - atigi 0,5 foiz deb baholanmoqda, biroq Uzcosmos ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
Xalqaro xizmatlar va Uzcosmos agentligi ogohlantiradi: 9-11 may kunlari Sovet Ittifoqi tomonidan "Venera" dasturi doirasida uchirilgan "Kosmos-482" sayyoralararo zondi orbitadan chiqib ketishi mumkin. Tashuvchi raketaning ishdan chiqishi tufayli qurilma Yer orbitasini tark etmadi va yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida sayyora atrofida aylanib yurdi.
Endi, oradan 53 yil o‘tib, u qisman atmosferaga kirishi mumkin. Uning aksariyat elementlari kirishda yonib ketadi, biroq tushirilayotgan apparat - taxminan 500 kg og‘irlikdagi titan sharning yerga tushib ketish xavfi mavjud. Parashyut bo‘lgan taqdirda ham, kosmosda uzoq vaqt bo‘lganligi sababli, u ishga tushmasligi mumkin. Kutilayotgan tushish tezligi soatiga 500 km gacha yetishi mumkin.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ehtimoliy qulash zonasi Osiyo mintaqasi. Bo‘laklarning O‘zbekiston hududida qolish ehtimoli 0,3 dan 0,5% gacha. Shunga qaramay, Uzcosmos fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va topilgan bo‘laklarga aslo tegmaslikka chaqiradi - ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.
Shubhali obyektlar aniqlanganda, zudlik bilan favqulodda xizmatlarga yoki mahalliy hokimiyat organlariga xabar berish kerak.

Powered by Froala Editor