O‘zbekiston yoshlarga oid siyosat bo‘yicha BMT e’tirofiga sazovor bo‘ldi
O'zbekiston
Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Yoshlar - 2030" strategiyasi doirasida O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or 10 davlat qatoriga kirdi.
AQShda bo‘lib o‘tayotgan ECOSOC Yoshlar forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchilik qildi.
Uchrashuvda Felipe Paulliyer O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyati alohida e’tiborga loyiq ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O'zbekiston mintaqada bu borada yetakchi o‘rinda turibdi hamda yoshlar bilan ishlashda boshqa davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, BMT tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar strategiyasi — 2030” doirasida O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or 10 davlati qatoriga kirgani qayd etildi. Bundan tashqari, “Kelajak pakti” tashabbusi ham aynan O‘zbekistonda mintaqaviy namuna sifatida yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi.
Uchrashuv chog‘ida Felipe Paulliyer joriy yilning 15-may kuni Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivalida ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu tashrif doirasida BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosatiga doir yangi tashabbus va hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning yoshlar bilan ishlashda ilg‘or xalqaro maydonga chiqayotgani, bu boradagi amaliy tashabbuslari BMT tomonidan e’tirof etilayotgani mamlakatimiz uchun katta yutuq hisoblanadi.

Powered by Froala Editor