O‘zbekistonda 2024-yilda 12 million tonna sabzavot yetishtirildi

O'zbekiston

2024-yilda O'zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qariyb 12 million tonna sabzavot yetishtirildi. Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, hosilning katta qismi shaxsiy va fermer xo‘jaliklar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yilda 12 million tonna sabzavot yetishtirildi
6,99 million tonna – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan;

4,44 million tonna – fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan;

563,9 ming tonna – ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ham sezilarli darajada oshib, 103,7 trillion so‘mga yetdi. Bu esa mamlakatning nafaqat ichki talabini qondirish, balki eksport hajmini ham oshirish imkoniyatini bermoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston yetishtirilgan sabzavotlarni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya va Belarusga faol eksport qilinyapti. Bu esa milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasi va xorijiy bozorlardagi mavqeining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston agrar sektori har yili yangi texnologiyalarni joriy qilish, hosildorlikni oshirish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish orqali rivojlanmoqda. Kelgusida:

Dehqon va fermer xo‘jaliklariga subsidiya va imtiyozlar ajratish;

Yangi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish;

Sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sanoatini rivojlantirish;

Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing