O‘zbekistonda aholi kuniga 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda

O'zbekiston

Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 347,3 ming kishiga ko‘paygan. Ayni vaqtda doimiy aholi soni 36 372 276 kishini tashkil etyapti.

O‘zbekistonda aholi kuniga 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda
2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra , O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 372 276 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.

Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 347,3 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi joriy yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga oshgan.

2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing