O‘zbekistonda bir kunda besh marta yer qimirladi
O'zbekiston
FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, 23-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 4 marta yer qimirlagani qayd etilgan edi. Tumanda soat 04:28 da 3,4 magnitudali soat 14:08 3,5 magnitudali, soat 14:36 da 3,9 magnitudali va soat 16:28 da 3,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.
So‘nggi zilzila Samarqand viloyati Narpay tumanida soat 22:38 da qayd etildi. Zilzila episentri Narpay tumanida bo‘lib, magnitudasi 2,9 ni tashkil qilgan.
Powered by Froala Editor