O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni 708 mingdan oshdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-fevral holatiga ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilar soni 708 731 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48 959 nafarga oshgan.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, nafaqa oluvchilar sonining ortishi aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganini hamda davlat tomonidan ushbu ehtiyojni qondirish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirilganini anglatadi.
2025-yilning fevral holatiga quyidagi toifalar bo‘yicha nafaqa oluvchilar sonida o‘sish kuzatilgan:
- Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar – 170 615 nafar (+3 211);
- Nogironlik nafaqasi oluvchilar – 313 052 nafar (+17 523);
- Parvarishlash nafaqasi oluvchilar – 75 453 nafar (+6 663);
- Yoshga doir nafaqalar oluvchilar – 85 749 nafar (+9 869);
- Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilar – 56 476 nafar (+4 307);
- O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar – 7 386 nafar (+2 969).
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam uchun ajratilayotgan mablag‘ hajmi yil sayin oshib bormoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, kelgusida ham ijtimoiy nafaqalar tizimi yanada takomillashtirilib, ehtiyojmand aholining huquqlari va manfaatlari maksimal darajada ta’minlanadi.

Powered by Froala Editor